WhatsApp endi chatlardagi bildirishnomalarni doimiy ravishda o’chirishga imkon beradi. Chatlardagi bildirishnomalar ovozini o’chirish qobiliyati avval messenjerda bo’lgan, lekin ro’yxatdan o’tgan yangi foydalanuvchi uchun faqatgina bir yil davomida
WhatsApp endi chatlardagi bildirishnomalarni doimiy ravishda o'chirishga imkon beradi

Dunyodagi eng mashhur mesendjer hali ham boshqa mesendjerlarda mavjud ko’p funktsiyalarning yetishmasligi bilan ajralib turadi. Ishlab chiquvchilar, albatta, iloji boricha WhatsApp-ga turli xil funktsiyalarni qo’shishga harakat qilishadi, ammo ularni amalga oshirish shunchalik sekinlik bilan ketyaptiki, deyarli barcha raqobatchilar ulardan bir necha yilga o’zib ketgan. Neowin resursiga ko’ra, WhatsAppning oxirgi versiyasida barcha foydalanuvchilari chatlardagi xabarnomalarni butunlay o’chirish funktsiyasiga ega bo’lishadi. Haqiqatan ham, bu funktsiya boshqa mesenjerlarda oldindan mavjud.

WhatsAppda ilgari ma’lum chatlarda ovozli bildirishnomalarni o’chirib qo’yish mumkin edi, lekin faqat bir yilgacha bo’lgan vaqt davomida. Endi, “1-yil” chegirmasi “abadiy” variantiga o’zgartirildi. Tegishli o’zgarishlar dastlab dasturning beta-versiyasida paydo bo’ladi va yetarlicha sinovdan o’tgach funksiya messenjerning barcha foydalanuvchilari uchun mavjud bo’ladi. Bu suhbat haqidagi xabarlarning ovozini doimiy ravishda o’chirishni istagan odamlar uchun foydali xisoblanadi.

WhatsApp endi chatlardagi bildirishnomalarni doimiy ravishda o'chirishga imkon beradi

Chatlarni doimiy ravishda o’chirish uchun siz quyidagilarni bajarishingiz kerak:

  • WhatsAppni oching, tegishli chatni ustiga bosib ushlab turing;
  • yuqori satrda paydo bo’ladigan “ovozni o’chirish” belgisini bosing;
  • ochilgan oynada chat xabarnomalari ovozini o’chirish uchun “always” -ni tanlang.

Ushbu funksiya Android va iOS OSlarda ishlovchi qurilmalar uchun bo’lib, ilovaning so’nggi versiyasida oddiy chatlar va guruhlarda ishlaydi. Shuningdek, u WhatsAppning veb-versiyasida ham mavjud.

Manbaa: trashbox.ru

Share:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *